13:14 / 11.04.2017
5562

Formula-1 chempioniga tegishli kompaniya superkari 1,5 million dollarga baholandi

Formula-1’ning ikki karra chempioni va Amerikaning «Indi 500» nufuzli poygasi g‘olibi Emerson Fittipaldi tomonidan asos solingan Fittipaldi Motors kompaniyasi har biri qiymati 1,5 million dollar bo‘lgan 39ta superkarlarni chiqaradi. Bu haqda Automotive News nashri yozmoqda.

Fittipaldi Motors superkari joriy yilning mart oyida Jyeneva avtosalonida ilk bora namoyish etilgandi. Avtomobil dizayni Pininfarina atelesi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lsa, muhandislik ishlari Mercedes-Benz kompaniyasining sherigi sanalgan HWA firmasi tomonidan bajarildi.

Treklarga mo‘ljallangan kabronli kupe 600-kuchli sakkiz tsilindli 4,8 litr hajmga ega motor va olti pog‘onali sekvental transmissiya bilan jihozlanadi. Avtomobil og‘irligi ming kilogrammga teng. Dinamik tafsilotlar keltirilmagan.

Avtomobil HWA’ning Shtutgartdagi korxonasida yig‘iladi. Har bir mashina turlicha bezatiladi – ranglar qaytarilmaydi.

Mavzuga oid
Top