23:38 / 11.04.2017
6160

Livanda 3 ming suriyalik qochqinlar lagerini tark etishga majbur bo‘ldi

3 mingga yaqin suriyalik Livan sharqidagi Beka viloyatida joylashgan qochqinlar lagerini tark etishga majbur bo‘ldi. Bu haqda "Frans Press" axborot agentligiga Human Rights Watch (HRW) huquqni himoya qilish tashkiloti ma'lum qilgan

Mart oxirida Livan qurolli kuchlari xavfsizlik kuchlari obektlari yaqinida yashovchi qochqinlar o‘zlari yashayotgan lagerlarni bo‘shatishlari kerakligi haqidagi qarorni qabul qilgan. Ushbu qaror xavfsizlik chorasi sifatida qabul qilingan.

"Lagerdagi 10 mingdan 3 mingga yaqin kishi chiqarilib yuborilishlari haqida ogohlantirish olganlaridan keyin o‘z boshpanalarini tark etganlar", deb ma'lum qilgan HRW vakili Bassam Kxavaya.

Suriyadagi qurolli qarama-qarshilik 2011 yil martidan beri davom etib kelmoqda. BMT ma'lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuvlar oqibatida 220 mingdan ko‘proq odam halok bo‘lgan. Suriya bilan qo‘shni bo‘lgan davlatlar zimmasiga qochqinlarni qabul qilish va ularni saqlash bilan bog‘liq asosiy yuk tushmoqda. Iordaniya hukumati 1,4 mln suriyalikni qabul qilganini aytib keladi. Turkiya esa umumiy hisobda 2,8 mln suriyalikni qabul qilgan. Suriyaliklar, shuningdek, Livan, Iroq va Misrda ham qabul qilinmoqdalar.

Mavzuga oid
Top