09:48 / 11.04.2017
7911

Mexikoda yuz bergan baxtsiz hodisa 6 kishining umriga zomin bo‘ldi

Meksika poytaxti Mexiko shahrida barpo etilayotgan avtomobil turargohi qulashi oqibatida kamida 6 kishi hayodan ko‘z yumgan, yana 20 kishi tan jarohati olgan. Bu haqda Reyter agentligi o‘t o‘chirish xizmatlariga asoslangan holda xabar qilmoqda

Agentlikka ko‘ra, hodisa Mexiko shahri g‘arbida yuz bergan. O‘t o‘chirish xizmati rahbari Raul Eskivelning bayonot berishicha, qulagan bino vayronalari ostida odamlar qolgan bo‘lishi mumkin. 

 

Mavzuga oid
Top