19:54 / 11.04.2017
8589

Microsoft kompaniyasi Windows Vista bilan xayrlashdi

Foto: The Verge

Microsoft kompaniyasi o‘n yildan so‘ng Windows Vista operatsion tizimini texnik qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi. The Verge shu haqida xabar berdi. 

Endi Vista foydalanuvchilari o‘z ma'lumotlarini zamonaviy xavfsizlik tizimi bilan himoyalash uchun yangi operatsion tizimni tanlashlari kerak bo‘ladi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, Windows Vista'ning asosiy qo‘llab-quvvatlanishi 2012 yildayoq to‘xtatilgan, shu bois bugungi kunda dunyo miqyosida mazkur operatsion tizimdan foydalanuvchilar soni 1 foizni tashkil qiladi. 

Mavzuga oid
Top