09:08 / 11.04.2017
42712

OAV: Hindistonda yuragi tashqarida joylashgan chaqaloq dunyoga keldi

Foto: SWNS

Hindistonning Madxya-Pradesh shtatida 5 aprel kuni yuragi tashqarida joylashgan chaqaloq dunyoga keldi, deb xabar bermoqda Daily Star.

Qizcha ota-onasi farzandlarida qandaydir muammo bor ekanini UTT vaqtida bilib qolishgan, biroq juftlikda keyingi tekshiruvlar uchun pul mablag‘lari bo‘lmagan.

"Biz birinchi bolamiz shunchalik qiynalishini xayolimizga ham keltirmagan edik", - deya aytib o‘tdi qizchaning onasi.

Tibbiyot xodimlarining taxminiga ko‘ra, bolaning yashab ketishi 50 ga 50 bo‘lib turibdi. U Dehlidagi kasalxonaga olib ketildi, u yerda Hindiston tibbiy fanlar instituti mutaxassisi tomonidan jarrohlik amaliyotidan o‘tkaziladi.

Ma'lumot uchun, yurak ektopiyasi – bu ichki a'zoning noodatiy joyga ko‘chishi bo‘lib, juda kam – 150 ming holatdan bittasida uchraydi. Shu bilan birga, bunday muammo bilan dunyo kelgan chaqaloqlarning 90 foizi o‘lik tug‘iladi yoki hayotining birinchi kunlaridayoq vafot etadi.

Top