14:57 / 12.04.2017
4678

YeI Eronga nisbatan sanksiyalarini uzaytirdi

Yevropa Ittifoqi inson huquqlari buzilishi bilan bog‘liq Eronga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar muddatini bir yilga uzaytirdi. Ro‘yxatga 82 nafar kishi va bitta yuridik shaxs kiritilgan, deyiladi YeI Kengashi kommyunikesida. 

"Kengash 2017 yil 11 aprelida Eronda inson huquqlarining jiddiy buzilishiga javoban qo‘llanilgan choralarni 2018 yil 13 apreligacha uzaytirdi", — deyiladi hujjatda. 

YeI yodga olishicha, sanksiyalar 82 kishi va bitta yuridik shaxsning mablag‘larini muzlatadi va ularning YeI mamlakatlariga kelishini taqiqlaydi. Bundan tashqari, Eronga ichki qatag‘onlarni amalga oshirish hamda telekommunikatsiyalarni kuzatishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan uskunalarni eksport qilishga to‘siq qo‘yadi. Mazkur jazo choralari dastlab 2011 yili qo‘llanilgan bo‘lib, Eron yadro kelishuvi doirasiga kirmaydi. 

Mavzuga oid
Top