14:59 / 12.04.2017
27779

«Gazprom» O‘zbekiston gazi uchun qancha to‘lashi ma'lum bo‘ldi

«Gazprom eksport» va «O‘ztransgaz» AK bilan o‘zbek gazini yetkazib berish bo‘yicha besh yillik shartnoma qiymati 2,5 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Bu haqda RIA Novosti «Gazprom eksport»ga asosan xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Gazprom eksport» va «O‘ztransgaz» AK o‘rtasidagi shartnoma O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga davlat tashrifi doirasida imzolangan.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston «Gazprom»ga 2018 yildan boshlab besh yil davomida 4 milliard kubometr gaz yetkazib beradi.

Top