00:20 / 12.04.2017
4519

Hindistonda yil boshidan 100 dan ko‘proq odam cho‘chqa grippidan vafot etdi

Hindistonning g‘arbidagi Maxarashtra shtatida joriy yilning boshidan 10 aprelgacha bo‘lgan vaqt ichida cho‘chqa grippidan 101 kishi vafot etgan. Bu haqda Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligi vakiliga iqtibos keltirgan holda NDTV telekanali xabar bermoqda.

Uning aytishicha, vaziyatni "havo haroratining oxirgi bir necha hafta davomida oshishi va kamayishi murakkablashtirgan".

Shuningdek, shtatda ayni vaqtda 182 kishida shu gripp aniqlangan, yana 7,4 ming kishida uning alomatlari kuzatilgan. Bundaylar tekshiruvdan o‘tkaziladila.

Top