Pentagon rahbari Jyeyms Mettis agar Suriya kimyoviy qurol qo‘llasa, "katta haq to‘lashini" aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Associated Press axborot agentligining ma'lum qilishicha, Mettis "Suriya prezidenti Bashar Asadgina nima uchun kimyoviy qurol ishlatganini bilishini" aytdi.
Mettis Asad "AQShning javob zarbalarini hisobga olgan holda kimyoviy hujum haqida afsus qilayotganiga" umid bildirdi.
Avvalroq Pentagon Suriyadagi Shayrat aerodromiga bergan raketa zarbasi Asad armiyasi samolyotlarining beshdan bir qismini yo‘q qilganini ma'lum qilgandi.