8208.04 USD +26.96

9490.14 EUR +63.08

123.85 RUB +1.12

10796.9 GBP +61.65

20:55 / 12.04.2017 16088

Putin Tillerson bilan uchrashdi

Фото: ТАСС

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda AQSh davlat kotibi Reks Tillerson va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi. Bundan avvalroq Tillerson va Lavrov muzokaralar o'tkazgandilar. Bu haqda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma`lum qildi. 

"Rossiya prezidenti Putin Kremlda AQSh davlat kotibi Tilerson va Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrovni qabul qildi", deb yozgan Peskov.

Peskov Putin diplomatlar bilan nima haqida suhbatlashganini ma`lum qilmagan.

Avvalroq Peskov Lavrov va Tilerson o'zaro muzokaralari natijalari bo'yicha Putinga hisobot berishni lozim topsalar, Rossiya prezidenti ularni qabul qilishi mumkinligini aytgandi.

Top