Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Rajab Akdag‘ning aytishicha, Suriyaning Idlib viloyatida zaharlovchi zarin gazi qo‘llangani tasdiqlandi.
Akdag‘ning aytishicha, Idlibdagi kimyoviy hujum qurbonlaridan olingan peshob va qon tahlillarida zarin gazining metaboliti – metilfosfon kislota ftorangidridining izpropil efiri aniqlangan.
Suriya qo‘shinlari Xan Shayxun shahriga uyushtirgan deb kelinayotgan ushbu hujum oqibatida 100 dan ko‘proq odam halok bo‘lgan, 500 dan ortiq odam jarohat olgan.