22:32 / 12.04.2017
27549

O‘g‘riga "asira" o‘rniga o‘zini taklif qilgan bank xodimi qahramonga aylandi (video)

Guansi (Xitoyning janubi) banklarining biridagi kuzatuv kamerasi oddiy xodimning qahramonga aylanganini muhrladi. "Life" ushbu voqea aks etgan video bilan bo‘lishdi.

Ish kunining ayni qizg‘in pallasida binoga o‘g‘ri kirib, mijoz ayolning bo‘yniga pichoq o‘qtaladi va kassirdan barcha pullarni berishni talab qiladi. Shu payt bankda ishlovchi yosh xodimlardan biri yordamga kelib, qo‘rqib ketgan ayolning o‘rniga o‘zini "asirlik"ka taklif qiladi. O‘g‘ri bunday "bitim"ga rozi bo‘ladi. 

Ayol voqea joyidan g‘oyib bo‘lgach, pichoq ushlagan o‘g‘ri bank xodimidan ayolning o‘rniga o‘tirishni talab qiladi. Aynan shu damda, jinoyatchi kutmagan paytda jasur yigit uning pichoq ushlagan qo‘lini qayirishga urinadi. Unga qo‘riqchi yordamga keladi va ular ikkovlon jinoyatchining qo‘lini kishanlashadi.

Top