17:27 / 13.04.2017
5384

Yangi Zelandiya so‘nggi 50 yil ichidagi eng kuchli bo‘ronga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Yangi Zelandiya so‘nggi 50 yildagi eng kuchli bo‘ronga tayyorgarlik ko‘rmoqda, mahalliy hukumat kishilarni xavfsiz joyga ko‘chirish haqida topshiriq berdi, mamlakatning ba'zi mintaqalarida favqulodda holat e'lon qilindi, deb xabar bermoqda New Zealand Herald gazetasi.

Mahalliy ob-havoni kuzatish xizmatining taxminicha, “Kuk” dovulining yaqinlashishi tufayli qator hududlarda kuchli jala yog‘ishi, balandligi besh metrgacha bo‘lgan to‘lqinlar hosil bo‘lishi va shamol tezligi soatiga 41 metr soniyaga qadar yetishi mumkin.

300ga yaqin o‘quv muassasalari yopildi, mamlakatning ko‘plab hududlarida elektr energiyasida uzilishlar kuzatilmoqda. Mamlakat ichidagi aviaqatnov qisman to‘xtatilgan.

So‘nggi bor mamlakatda bunday kuchli dovul 1968 yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda "Jizel" dovuli mamlakatga xuddi “Kuk” kabi aprel oyida yopirilgandi. Murakkab ob-havo sharoiti tufayli Shimoliy va Janubiy orollar o‘rtasida muntazam reyslarni amalga oshirgan "Vaxine" kemasi cho‘kib ketgan, 50dan ortiq inson halok bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top