18:09 / 13.04.2017
20089

«Barselona» tarkibda inqilobiy o‘zgarishlar qilmoqchi

«Barselona» rahbariyati kelgusi mavsumdan boshlab tarkibda inqilobiy o‘zgarishlarni amalga oshirmoqchi, deya xabar bermoqda Tribuna.uz sayti.

Manba bergan xabarga ko‘ra, «Yuventus»ga qarshi YeChL chorak finalining birinchi uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan (0:3) so‘ng klub rahbarlari shunday qarorga kelishgan. 

Ammo gap tarkibdagi inqilob futbolchilarning soni bilan belgilanmaydi. «Barselona» uncha ko‘p futbolchi emas, balki juda qimmat futbolchilarni sotib olishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari jamoa o‘zining o‘rinbosarlar tarkibidagi bir necha futbolchilarini ham asosiy tarkibga qaytarmoqchi. 

Luis Enrikening o‘rnini kim egallashi bo‘yicha qaror jamoa oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarning qanday yakun topishiga qadar hal qilinmay turadi. Shu ma'noda ko‘p masalaga kelgusi haftadayoq aniqlik kiritilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» va «Yuventus» jamoalari ishtirokidagi javob uchrashuvi 19 aprel kuni ko‘k-anorranglilar uyida bo‘lib o‘tadi.

Top