14:11 / 13.04.2017
7232

CNN: AQSh Suriya harbiylarining kimyoviy hujum haqidagi muloqotlarini tinglagan

Foto: Ktla.com

AQSh harbiylari va razvedkasi Suriya harbiy xizmatchilari va kimyoviy ekspertlarining muzokaralarini tinglashga muvaffaq bo‘lgan. Ular Idlibda zarindan foydalangan holda kimyoviy hujumni amalga oshirishni muhokama qilishgan. CNN telekanali yuqori lavozimli manbasiga tayangan holda shu haqda xabar qilmoqda

Telekanalga ko‘ra, ma'lumotlar ehtimoliy kimyoviy xuruj uyushtirilganidan so‘ng bir necha soat davomida o‘tkazilgan razvedka amaliyoti chog‘ida qo‘lga kiritilgan. Amerika mulozimlarining aytishicha, Suriya prezidenti Bashar Asadning ushbu hujum uchun javobgarligida "shubha yo‘q".

Mulozimning qayd etishicha, Vashington hujum bo‘lishini bilmagan. AQSh Suriya va Iroq kabi mamlakatlarda juda ko‘plab ma'lumotlar to‘playdi. Biroq, biror hodisa bo‘lmaguncha, bu ma'lumotlarni qayta ishlamaydi. 

Top