19:12 / 13.04.2017
24387

Futboldagi o‘zgarishlardan biri O‘zbekistonda ilk marta qo‘llab ko‘rildi

O‘zbekiston chempionati birinchi ligasi 3-turidan o‘rin olgan «NBU-Osiyo» - «Zomin» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda (1:3) futbol qoidalariga so‘nggi yillarda o‘zgarish sifatida kiritilgan usuldan foydalanildi.

O‘FF matbuot xizmatining feysbukdagi sahifasida xabar qilinishicha, mazkur uchrashuvda ilk bora darvoza ortidagi hakamlar sinovdan o‘tkazildi. Uchrashuv bosh hakami sifatida FIFA referisi Ravshan Ermatov ishladi.

Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berdi. Darvoza ortida Sherzod Qosimov va Ilgiz Tantashev ishladi.

Top