18:25 / 13.04.2017
11694

“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi davlat ro‘yxatiga olindi

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi Qo‘qon shahar “Yagona darcha” markazi tomonidan “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi davlat ro‘yxatiga olindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil  12 yanvar kungi PF-4931-sonli Farmoniga asosan “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilishi belgilab berilgan. 

“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi 2017 yilning 11 aprel kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. 

Direktsiya rahbariga yangi namunadagi davlat ro‘yxatiga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma tantanali ravishda taqdim etildi. Faoliyat ko‘rsatish muddati mobaynida “Qo‘qon” EIZ hududida alohida soliq, bojxona va valyuta rejimi amal qiladi. 

“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasiga hozirgi kungacha 150 ga yaqin tadbirkorlik sub'yektlaridan o‘z faoliyatlarini erkin iqtisodiy zona hududida amalga oshirish bo‘yicha takliflar kelib tushgan.

Top