20:45 / 13.04.2017
4906

Millionlab yamanlik bolalarning ta'lim olishi xavf ostida turibdi

Yamanda 4 mln dan ko‘proq bola ta'lim olish imkonidan mahrum bo‘lishi mumkin, deb aytdi Sanodagi matbuot-anjumanda YUNISEFning Yamandagi vakili o‘rinbosari Meritksell Relano. 

Uning aytishicha, Yamanning 22 ta viloyatidan 13 tasida, jumladan Sano, Taiz, Xudaydo, Ibb, Amran, Jauf va Xadjada o‘qituvchilarga 2016 yil oktabrdan maosh to‘lanmayapti. "166 443 o‘qituvchi (mamlakatdagi pedagoglarning 73 foizi) maosh olmasdan ishlamoqda", deb aytdi Relano.

Bundan tashqari,  13 146 ta (mamlakatdagi 78 foiz) maktab binosiga shikast yetgan. "Bu maktablarda kamida 4,5 mln bola ta'lim oladi", deb qo‘shimcha qildi Relano.

Mavzuga oid
Top