20:19 / 13.04.2017
7174

«MYu» yo‘lidagi Belgiya to‘sig‘i. Yevropa Ligasi uchrashuvlari haqida

Yevropa ligasining chorak finalidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Tribuna.Uz uchrashuvlar oldidan eng qiziqarli ma'lumotlar bilan tanishtirib o‘tdi.

Anderlext - Manchester Yunayted (13 aprel, 23:59, UzReport, Match TV)
 
Bu ikki jamoaning 7-uchrashuvi bo‘ladi. Shu kungacha bo‘lib o‘tgan 6 uchrashuvda 2 marta «Anderlext», 3 marta «Yunayted» g‘alaba qozongan, 1ta uchrashuvda durang qayd etilgan.
«Anderlext» yevrokuboklarda o‘z uyida kechgan so‘nggi 6 uchrashuvning barchasida g‘alaba qozongan
«MYu» Yevropa Ligasining so‘nggi 6 uchrashuvidan buyon mag‘lubiyatga (5G‘, 1D) uchramayapti.
Zlatan Ibrahimovich «Anderlext»ga qarshi mehmonda o‘ynagan so‘nggi o‘yinida («PSJ» tarkibida) 4ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Ayaks - Shalke 04 (13 aprel, 23:59, Match! Futbol 3)

Ikkala jamoa UYeFA tasarrufidagi musobaqalarda ilk marta ro‘baro‘ kelishmoqda.
«Ayaks» tarkibida Lasse Shyone bu uchrashuvda maydonga tusha olmaydi.
«Ayaks» Germaniya klublariga qarshi jami 32 marta duch kelgan bo‘lib ularning 20tasida g‘alaba qozongan, 5 durang 7 mag‘lubiyat (Amsterdamda 12G‘, 1D, 1M)
«Shalke» Niderlandiya jamoalariga qarshi 8 uchrashuv o‘tkazgan 3 g‘alaba, 1 durang, to‘rt mag‘lubiyat qayd etilgan. Niderlandiyadan jamoa biror marta ham g‘alaba (1D, 4M) bilan qaytmagan
«Ayaks» yevrokuboklarda o‘z uyida kechgan so‘nggi 11 uchrashuvdan buyon mag‘lubiyatga uchramayapti (6G‘, 5D), so‘nggi 5 uchrashuvda esa jamoa faqat g‘alaba qozongan.

Lion - Beshiktosh (13 aprel, 23:59, Match! Futbol 1)

«Lion» turk jamoalariga qarshi 10 marta duch kelgan bo‘lib, 5 g‘alaba, 1 durang, 4 mag‘lubiyatga erishgan. O‘z uyida kechgan 5 uchrashuvning 3tasida g‘alaba qozongan, 2tasida mag‘lub bo‘lgan.
«Beshiktosh» Fransiyada o‘tkazgan so‘nggi uch uchrashuvda faqat mag‘lubiyatga uchragan.
«Lion» yevrokuboklardagi so‘nggi to‘rt uchrashuvda 16ta gol kiritgan.
«Beshiktosh» Yevropa Ligasida ishtirokini davom ettirayotgan jamoalar ichida yagona mamlakat chempioni hisoblanadi.

Celta - Genk (13 aprel, 23:59, Match! Futbol 2)

Ikkala jamoa UYeFA tasarrufidagi musobaqalarda ilk marta duch kelishmoqda.
«Celta» joriy mavsumda Belgiyaning «Standard» klubi bilan ikki marta duch kelgan va ikki uchrashuvda ham durang qayd etilgan
«Genk» ispan jamoalariga qarshi jami 7 uchrashuvda maydonga tushgan va bir marta g‘alaba qozongan, 4 durang 3 mag‘lubiyat. Ispaniyada kechgan to‘rtta uchrashuvda esa 1 durang va 3 mag‘lubiyat qayd etilgan.

Ikkala jamoadan qaysi biri keyingi bosqichga chiqsa, bu jamoa uchun UYeFA tasarrufidagi musobaqalardagi ilk yarim final bo‘ladi. «Selta» ham, «Genk» ham bunchalik uzoqqa yetib kela olishmagan.

Top