18:29 / 13.04.2017
19678

Smartfonlar bozorida qaysi kompaniya yetakchilikni qo‘lga olgani ma'lum bo‘ldi

TrendForce hisobotiga ko‘ra, 2017 yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha Samsung kompaniyasi smartfonlar bozorida 26,1 foizni o‘z qo‘liga oldi, Apple esa – atigi 16,9 foiz. Bu haqda Life xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, Samsung mobil bo‘linmasi so‘nggi bir necha oy ichida jiddiy muvaffaqiyatlarga erishdi: 2016 yilning to‘rtinchi choragida Koreya texnologiya giganti 18,5 foizlik ko‘rsatkich bilan ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Apple’da – 20,3 foiz bo‘lgan.

Sammobile.com fikricha, kompaniya Galaxy Note 7 bilan bog‘liq noxush holatlardan so‘ng bir qadar arzonroq bo‘lgan Galaxy J va Galaxy A smartfonlarining yaxshi sotilishi tufayli o‘z pozitsiyasini tiklab olgan.

Samsung Galaxy S8 chiqqanidan so‘ng, 2017 yilning ikkinchi va uchinchi choraklarida ham yetakchilikni saqlab qolishi mumkin.

Mavzuga oid
Top