08:46 / 13.04.2017
15079

Tramp KXDRga atom suvosti kemalari bilan tahdid qildi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp XXR raisi Si Tszinpin bilan o‘tkazgan telefon orqali muloqotida Shimoliy Koreya rahbariyatiga, Amerika harbiy-dengiz kuchlari tarkibida nafaqat aviatashuvchilar, balki atom suvosti kemalari mavjudligini yetkazib qo‘yishni so‘ragan. Bu haqda Tramp The Wall Street Journal nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.

"KXDR kabi davlatning yadro kuchiga, yadro qurollariga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi", - deb ta'kidlagan AQSh rahbari hamda Xitoy yetakchisidan so‘ragan iltimosini aytib bergan. 

"Bu ommaviy qirg‘indir. Pxenyan hozircha yadro kallagini yetkazish vositasiga ega emas. Ammo ularni ola biladi. Ko‘p jihatdan bu vositalarni ishlab chiqarish juda sodda", - deya fikr yuritgan Tramp. Nashrning yozishicha, u Si Tszinpinga KXDRga dengiz orqali ko‘mir yetkazib berishni qayta ko‘rib chiqishni taklif qilgan. 

Ayni vaqtda Koreya yarim oroliga AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Carl Vinson aviatashuvchisi yetakchiligida zarba berish guruhi yaqinlashmoqda. Uning tarkibiga raketali kreyser va ikkita raketali esminets ham kiradi. Yaponiya OAV ma'lumotlariga ko‘ra, AQShning yana ikkita jangovar kemasi ushbu guruhni kuchaytirish uchun San-Diyego shahridagi harbiy-dengiz bazasida yo‘lga chiqqan.

Top