«Yuventus» argentinalik hujumchisi Paulo Dibala bilan shartnoma uzaytirilganini tasdiqladi.
23 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma muddati 2022 yilning 30 iyuniga qadar.
Bundan avvalgi xabarlarda futbolchining yangi shartnoma bo‘yicha yillik maoshi miqdori 7 million yevroga yetkazilishi va u bu borada Gonsalo Higuainga (7,5 million yevro) yaqinlashii aytilgandi.
Dibala «Yuventus»ga 2015 yilda «Palermo»da 40 million yevroga transfer qilingandi. Uning dastlabki shartnoma bo‘yicha maoshi miqdori 3 million yevroni tashkil qilardi.
U o‘tgan vaqt ichida klub uchun 81 uchrashuvda maydonga tushdi va 39 gol urdi.