19:37 / 14.04.2017
6070

Atamboyev YeOII ichidagi to‘siqlar haqida gapirdi

«Biz bor e'tiborni YeOIIdagi to‘siqlarni yo‘qotishga qaratishimiz kerak», - deya ma'lum qildi Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Oliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi vaqtida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston bu yil YeOIIda raislik qilib, tashkilot faoliyatini kelajakda o‘zi qanday ko‘rishini taqdim etishi mumkin. Aynan shuning uchun Qirg‘iziston 2017 yilni Yevroosiyo hududida biznesni rivojlantirish uchun sharoitlar yaratishga bag‘ishlashni taklif qildi.

«Iqtisodiyotga biznes, tadbirkorlar ta'sir ko‘rsatadi. Biz ijobiy sharoitlarni yaratish va YeOII to‘rt prinsipini amalga oshirish bo‘yicha ishni davom ettirishimiz muhim: tovarlar, xizmatlar, moliya va mehnat resurslarining harakatlanish erkinligi. Biz ittifoq ichida mavjud bo‘lgan to‘siqlarni yo‘qotishga bor e'tiborni qaratishimiz darkor. Buning uchun davlat idoralari, YeOIK va biznes o‘rtasidagi aloqalarni yanada kuchaytirish kerak. Komissiya biznes tashabbuslari va takliflariga quloq tutishi kerak», - deya ta'kidlab o‘tdi Almazbek Atamboyev.

Mavzuga oid
Top