18:19 / 14.04.2017
10699

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ikkinchi muddatga saylanmoqchi

Foto: AFP

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ikkinchi prezidentlik muddatiga ham o‘z nomzodini qo‘ymoqda. ISNA agentligining xabar berishicha, u Eron IIVga 19 mayga rejalashtirilgan prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tish maqsadida kelgan.

Eronlik islohotchilar qo‘llab-quvvatlovchi Ruhoniy prezidentlik poygasida yetakchilik qilish uchun barcha imkoniyatlarga ega. Unga Eron inqilob kuchlari Xalq fronti konservativ partiyalari alyansidan bo‘lgan nomzod Ibrohim Raisiy raqobatchilik qilishi mumkin. 

Eronning avvalgi to‘rt nafar prezidenti – Eronning hozirgi yetakchisi oyatulloh Ali Hameneiy (prezident lavozimini 1981-1989 yillarda egallagan), Ali Akbar Hoshimiy Rafsanjoniy (1989-1997), Muhammad Hotamiy (1997-2005) va Mahmud Ahmadinajod (2005-2013) – bu qadar har doim ikkinchi prezidentlik muddatiga saylanib kelishgandi.

Top