14:08 / 14.04.2017
6745

Xitoyda yuk mashinasi dafn marosimiga ketayotgan kishilarga kelib urildi

Foto: AP

Xitoyning Sichuan viloyatida yuk mashinasi dafn marosimiga ketayotgan kishilarga kelib urildi, to‘rt odam halok bo‘ldi, sakkiz inson jarohatlandi. Bu haqda mahalliy "Sichuan tszaysyan" nashri xabar berdi.

Hodisa Nanchun shahar okrugining Nanbu aholi punktida ertalabki vaqtlarda ro‘y bergan. Dafn marosimiga ketayotgan kishilar yo‘l cheti bo‘ylab harakatlanishayotganda, ularga mashina kelib urilgan.

Jarohatlanganlar kasalxonaga olib ketildi. Hodisa sabablarini o‘rganish ishlari boshlab yuborilgan.

Mavzuga oid
Top