21:02 / 14.04.2017
23431

Komilovning javoblari, yangi nomdagi vazirlik, Sharqiy Osiyodagi taranglik

Yakunlanib borayotgan 14 aprel O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda: ishlar qanday ketayotgani tekshiriladi. Prezident Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Davlat rahbari safar chog‘ida har bir ish o‘rni qanchalik ahamiyatli ekanini tushuntirib berdi. U, jumladan, aholini O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan sifatli kiyim-kechak bilan ta'minlash zarurligini ta'kidladi. Prezident, shuningdek, Samarqandda Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. 

Xalqaro press-klubning «O‘zbekiston tashqi siyosatining yangi bosqichdagi dolzarb masalalari» mavzusida sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Mazkur sessiyada O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov Suriyadagi voqealarga munosabat bildirdi. U, shuningdek, O‘zbekistonning tashqi siyosatdagi asosiy pozitsiyasini ma'lum qildi.  Abdulaziz Komilov davlatning imijini pulga sotib olib bo‘lmasligi haqida gapirib o‘tdi. Ushbu sessiyada Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ham so‘zga chiqdi. Uning aytishicha, raqobatbardosh sarmoyaviy muhitni yarata olinmagan. “Valyuta bozorini erkinlashtirishni kechiktirish ko‘proq ziyon yetkazadi”, dedi Sodiq Safoyev. 

O‘zbekistonning boshqa jabhalarida

Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari o‘zgardi

Navoiyda urush faxriylariga navbatsiz mashina xarid qilish sertifikatlari topshirildi

O‘zbekiston Stokholmdagi terrorchi Rahmat Oqilov haqida rasman ma'lumot berdi

O‘zbekistonning Tojikistondagi elchisi Dushanbe hokimi Rustam Imomali bilan uchrashdi

BBC O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tmoqda

Elyor G‘aniyev rahbar bo‘lgan vazirlik o‘rnida boshqa vazirlik tashkil etiladi

Xalq banki pensiya olishning yangi qoidalari haqida ma'lum qildi

Jahon

AQSh va Rossiya Suriyada xavfsizlikni ta'minlash mexanizmini tiklashdi

Tramp Afg‘onistondagi IShIDga berilgan zarbalarni izohladi

Turkiyada favqulodda holat rejimi yana uzaytirilishi ma'lum qilindi

Suriya Trampning Asadni "hayvon" degan haqoratiga javob berdi

Snouden AQSh aslida nima uchun Afg‘onistonga bomba tashlaganining sababini ma'lum qildi

Dunyodagi eng xavfsiz mamlakat aniqlandi

Sharqiy Osiyodagi tarang vaziyat

Pxenyan AQSh zarbasini «quchoq ochib» kutib olish niyatida emasligini bildirdi

KXDR vs AQSh: Dahanaki jang davom etadi, vaziyat esa taranglashmoqda

Xitoy urush bo‘lib qolsa KXDRga yordam bermaydi

AQSh Shimoliy Koreya yaqinida esminetslarini joylashtirdi

Top