17:32 / 14.04.2017
59345

OAV: Ramzon Qodirovning katta qizi turmushga chiqdi

Checheniston respublikasi prezidenti Ramzon Qodirovning to‘ng‘ich qizi Ayshat Qodirova turmushga chiqdi, deb xabar qilmoqda Tatler jurnali.

Nashrga ko‘ra, 18 yoshli kelinning kuyovi 19 yoshda. U "Qodirovning halok bo‘lgan sinfdoshi, do‘stining o‘g‘li".

"Yoshlar to‘ydan ikki hafta avval tanishishgan. Ular Qodirov qarorgohidan 5 daqiqalik uzoqlikdagi uyda istiqomat qilishadi", — deyiladi maqolada. 

Umuman, respublika yetakchisining 12 nafar farzandi bor. 

Ayshat Qodirova o‘zining ilk intervyusida aytishicha, u o‘zi hijob taqishni va Qur'onni yodlashni xohlagan. 

"Ro‘mol o‘rashga o‘zim qaror qilganman. Otam menga, shunday qilsam o‘zini juda ham baxtiyor his qilishini aytdi va men o‘rashga qaror qildim. Men uchun ota-onamning xursandchiligi birinchi o‘rinda", — degan Ayshat. 

"Bundan tashqari Qur'oni Karimning so‘nggi surasini yodlab bo‘lgan kunimni va ota-onamga bu haqda aytganimni hech qachon unutmayman. Ularning xursandchilik ko‘z yoshlarini ko‘rish men uchun oliy baxtdir", — deya tan olgan Qodirova. 

Top