13:57 / 14.04.2017
10626

O‘zbekistonning Tojikistondagi elchisi Dushanbe hokimi Rustam Imomali bilan uchrashdi

O‘zbekistonning Tojikistondagi elchisi Shoqosim Shoislomov Dushanbe shahri hokimi Rustam Imomali bilan uchrashdi. Bu haqda 1news.uz xabar bermoqda.

Tomonlar uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi va Dushanbe shahri o‘rtasidagi turli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikning hozirgi ahvoli va istiqbollarini muhokama qilishdi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli sohalardagi hamkorlik darajasini oshirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirgan. Uchrashuvda Toshkent va Dushanbe o‘rtasida aviareysning yo‘lga qo‘yilgani va Dushanbe shahrida O‘zbekiston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi o‘tkazilishi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda muhim qadam bo‘lishi qayd etildi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, tomonlar shuningdek mashinasozlik, yengil sanoat, maishiy va xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalar ochish masalasini ham ko‘rib chiqqan.

Top