16:32 / 15.04.2017
8331

Toshkentda fuqaroni 4 million so‘m va 3 ming dollarga chuv tushirib ketgan firibgar ushlandi

Samarqandlik 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro firibgarlikni o‘ziga kasb qilib, qoraqalpog‘istonlik ayolni chuv tushirdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.

Bu yosh yigit poytaxtning Yashnobod tumani hududida 1971 yilda tug‘ilgan, vaqtincha Mirobod tumanida ro‘yxatda turgan ayolni aldash yo‘li bilan ishonchiga kirib, uy olib berishni va'da qilib 4.000.000 so‘m va 3000 AQSh dollarini olib ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi. 

Biroq firibgarning nag‘masi o‘tmadi. U ichki ishlar xodimlari tomonidan ko‘p o‘tmay ushlandi. 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyatni sodir etish sabablarini aniqlash maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top