08:25 / 17.04.2017
5268

"Bastiya" – "Lion" uchrashuvi janjal sababli bekor qilindi

Fransiya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan "Bastiya" – "Lion" uchrashuvi bekor  qilindi.

Uchrashuvda hisob 0:0 ko‘rinishda bo‘lganda, tanaffus vaqtida mezbon jamoa muxlislari va "Lion" o‘yinchilari o‘rtasida janjal chiqqan. Muxlislar futbolchilar tanaffusga ketayotgan vaqtda "Lion" darvozaboni Antoni Lopeshga tajovuz qilishga uringanlar. Mojaroga o‘yinchilar va maydon xodimlari aralashishgan.

Shundan keyin uchrashuv delegati o‘yinni to‘xtatishga qaror qilgan.

Mavzuga oid
Top