19:25 / 17.04.2017
26612

Dollarning rublga nisbatan qiymati pasaydi

Foto: RIA "Novosti"

AQSh dollari qiymati 56 rubldan pastga tushdi. Bu haqda RIA Novosti savdolar haqidagi ma'lumotga asosan xabar bergan.

Ma'lumot uchun, joriy yilning mart oyida Rossiya milliy valyutasi – rubl barcha maksimum ko‘rsatkichlarni yangilagandi. Tahlilchilarning ta'kidlashicha, rubl an'anaviy ravishda neft narxi ta'siriga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.

Avvalroq Rossiya Markaziy banki Rossiya rubli kursini barqarorlashtirish uchun qat'iy kurs o‘rnatishi mumkinligi haqida xabar bergandik.

 

Top