15:09 / 17.04.2017
9537

Erdo‘g‘anning rejalari ma'lum qilindi

Foto: Reuters

Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘an mamlakatda tarqatib yuborish va muddatdan avvalgi saylovlar o‘tkazish niyatida emas. Bu haqda Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Mahmud Shimshek ma'lum qildi.

Turkiyada so‘nggi parlament saylovlari 2015 yilning iyunida bo‘lib o‘tdi. Keyingi saylovlar esa 2019 yilning noyabriga rejalashtirilgan. 

"Kecha prezident saylovlar 2019 yilning noyabr oyida o‘tishini aniq bildirdi", - deya ma'lum qildi Shimshek Reyter agentligiga.

Turkiyada boshqaruvning prezidentlik shakliga o‘tish bo‘yicha konstitutsiyaviy referendum uning tarafdorlari g‘alabasi bilan yakunlandi. Ma'lumotlarga ko‘ra, ular 51,2 foiz ovoz olishgan, bu esa konstitutsiyaviy islohotga qarshi bo‘lganlardan 1,25 millionga ko‘p degani. 

Mavzuga oid
Top