08:01 / 17.04.2017
18083

"Forsaj 8" ijarasining ilk kunlari film xarajatini 4 karra qilib qaytardi

Foto:EPA

Hollivudning "Forsaj 8" (The Fate of the Furious, 2017) filmining o‘tgan hafta dam olish kunlaridagi ilk ijarasi, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 532,5 mln dollarga yaqin mablag‘ to‘plagan. Mazkur raqam shu boradagi eng yuqori natija bo‘ldi. Bu haqda ushbu filmning mualliflik huquqiga egalik qiluvchi Amerikaning Universal Pictures kompaniyasi ma'lum qildi. 

Shu bilan rejissyor Feliks Geri Grey ijodiga mansub ommabop filmlarning navbatdagi seriyasi "Yulduzli janglar: Kuchning uyg‘onishi" (Star Wars: The Force Awakens, 2015) kartinasi o‘rnatgan rekorddan o‘zib ketdi. Fazoviy kurashlar filmi ilk ijara kunlarida 529 mln dollar to‘plashga muvaffaq bo‘lgandi. 

"Forsaj 8" filmi Shimoliy Amerikadan boshqa mamlakatlardagi ijara reytinglarida ham birinchi o‘rinni egallagan. Bu kartina xorijiy mamlakatlarida 432,3 mln dollar to‘plagan. Shu bilan 316 mln dollar to‘plagan avvalgi yetakchi "Yura davri dunyosi" (Jurassic World, 2015) natijasini sezilarli ortda qoldirdi. 

Shu bilan birga, Universal Pictures kinokompaniyasi, gap dastlabki natijalar haqida borayotganini eslatar ekan, raqamlarga aniqlik kiritilishi mumkinligini ta'kidlagan. 

Vin Dizel va Dueyn Jonsonlar qahramonligidagi "Forsaj 8" filmi 14 aprel kuni ijaraga chiqqan edi. Film byudjyeti 250 mln dollarni tashkil etdi. 

Mavzuga oid
Top