12:09 / 17.04.2017
8026

OAV: Yaponiya imperatorni taxtdan chetlatuvchi qonun loyihasini tayyorlamoqda

Yaponiya hukumati 19 may kuni mamlakat parlamentiga maxsus qonun loyihasini kiritadi. Bu imperator Akixitoga taxtdan voz kechish hamda hokimiyatni taxt vorisiga topshirish imkonini beradi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar qilmoqda

Xabarlarga ko‘ra, yapon hukumati joriy parlament sessiyasi yakuniga qadar loyihani tasdiqlashga umid qilmoqda. Qonun loyihasi bir martalik kuchga ega bo‘lib, 83 yoshli hozirgi imperator Akixitoga tegishli bo‘ladi. U o‘tgan yili, mamlakat qonunchiligida bo‘lmasa-da, taxtni tark etishni iroda qilgan edi. 

Kiodo agentligiga ko‘ra, imperator o‘rnini merosxo‘r shahzoda Naruxito egallaydi. Xususan, loyiha taxtdan voz kechayotgan imperator maqomini hamda uning keyingi istiqomatiga ham oydinlik kiritadi. 

Mavzuga oid
Top