09:40 / 17.04.2017
10080

Peruda dahshatli suv toshqinlari, qurbonlar bor

Peruda ro‘y bergan dahshatli tabiiy ofat 107 kishining umriga zomin bo‘ldi. Jabrlanganlar soni 1,1 million kishidan ortadi, deb xabar qilmoqda mamlakat favqulodda vaziyatlarda harakatlanish milliy markazi. 

Dastlab 97 kishining halok bo‘lgani xabar qilingan edi. Ekspertlar suv toshqinlarini so‘nggi o‘n yillikdagi eng kuchlisi deb aytishmoqda. Buni Tinch okeanidagi "Al-Nino" iqlim ko‘rinishi keltirib chiqargan. 

Markaz baholariga ko‘ra, 171 ming kishi butunlay mol-mulkidan ayrilgan. Tabiiy ofatdan qisman jabrlanganlar soni 955 ming kishini tashkil etadi, deb xabar qilmoqda Telesur kanali.

Top