15:14 / 17.04.2017
5350

O‘zbekiston va Ozarboyjon turassotsiatsiyalari hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolashdi

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston va Ozarboyjon sayyohlik assotsiatsiyalari tomonidan hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Bu haqida Ozarboyjon elchixonasi xabar berdi. 

Memorandum Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro turistik ko‘rgazma doirasida mamlakatlarning sayyohlik assotsiatsiyalari rahbarlari - Naxid Bagirov va Nabijon Qosimov tomonidan imzolandi. 

Hujjatda tomonlarning turistik sohani rivojlantirishda tajriba va axborot almashishi, turizmni rivojlantirish bilan bog‘liq tur va tadbirlarni tashkillashtirish, o‘zaro sayohatlarni uyushtirish, ikki mamlakat o‘rtasidagi sog‘lomlashtiruvchi turizmni rag‘batlantirish va sayyohlar oqimini kuchaytirishni ikki tomonlama qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan.

Joriy yilda Toshkentdagi xalqaro turizm ko‘rgazmasida Ozarboyjon stendi Haydar Aliyev nomidagi madaniyat markazi tomonidan namoyish etildi. 

Xalqaro turistik ko‘rgazmada Naftalan shahridagi "Chinor" va "Gashalti" mehmonxonalari ham o‘zlarining turpaketlarini taqdim etishdi. 

"Xalqlarimiz o‘rtasidagi tarixiy yaqinlik, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi vizasiz rejim, Toshkent va Baku o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslarning yo‘lga qo‘yilgani inobatga olinsa - Ozarboyjon va O‘zbekiston o‘rtasida turizm sohasida ulkan salohiyat mavjud", - dedi Ozarboyjon madaniyat markazi direktori Abbosov. 

Bundan tashqari, yaqin kunlarda memorandum doirasida Toshkent shahrining markaziy ko‘chalarida Ozarboyjon turistik salohiyatiga oid bannerlar o‘rnatiladi, shuningdek O‘zbekistonning yetakchi telekanllarida ham reklama qilinadi. 

Mavzuga oid
Top