00:54 / 18.04.2017
17260

AQSh Shimoliy Koreya bilan ixtilofga borishni istamayapti

AQSh Shimoliy Koreya bilan ixtilofga borishni va bu mamlakatda tuzumni zo‘ravonlik bilan o‘zgartirishni istamayapti. Bu haqda AQSh davlat kotibining Sharqiy Osiyo va Tinch okeani ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Syuzan Tornton ma'lum qildi. 

"Biz ixtilofga va tuzumni o‘zgartirishga borishni aniq istamayapmiz, biroq agar kerak bo‘lsa, xalqimiz va ittifoqdoshlarimizni himoya qilamiz. AQSh yoki uning ittifoqdoshlari avvalgi majburiyatlaridan voz kechib va harbiy zarba berish bilan tahdid qilib, BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasini buzyapti, deb o‘ylamayman", deb aytdi Tornton.

Biroq, uning aytishicha, AQSh "Shimoliy Koreyaga o‘zini tahdid qiluvchi tarzda tutishni davom ettirishiga" yo‘l qo‘ymaydi. Torntonning ta'kidlashicha, Vashington Shimoliy Koreyaning tajovuziga tegishli javob beradi.

Top