11:38 / 18.04.2017
23982
Bir senator va ikki deputatning vakolati muddatidan avval tugatildi

17 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Komissiya raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov boshqardi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar bergan.

Majlisda A.Bobobekovning xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi deputati vakolati tugatilganligi munosabati bilan uning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi vakolati muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, Komissiya a'zolari 50-Registon saylov okrugidan saylangan deputat Marhabo G‘afurova hamda 85-Chinoz saylov okrugidan saylangan deputat Odiljon Tojiyev boshqa ishga o‘tganliklari munosabati bilan ularning parlament quyi palatasi deputatlari vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida ham qaror qabul qilindi.

Majlisda Markaziy saylov komissiyasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Ma'lumot uchun, Marhabo G‘ofurova Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘lgan, Odiljon Tojiyev esa «Kamolot» YoIHga rais etib tayinlangan.

Top