11:11 / 18.04.2017
10993

Putin «Normand to‘rtligi» formatida Donbassdagi muammolarni muhokama qildi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko, Germaniya kansleri Angela Merkel va Fransiya prezidenti Fransua Olland bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Unda tomonlar Ukraina sharqidagi harbiy mojaroni muhokama qilishgan. 

Siyosatchilar, shuningdek, «barchani barchaga» formulasi asosida Donbassda ushlab turilganlarni almashtirish jarayonini faollashtirishga chaqirishgan. 

Bundan tashqari, «Normand to‘rtligi» mamlakatlari xavfsizlik borasidagi Minsk kelishuvlariga sodiq ekanliklarini ta'kidlashgan. 

Top