10:15 / 18.04.2017
46412

Uzbek Tigers Rossiyaga yangi nomlar bilan yo‘l oldi

Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum «C» guruhida ishtirok etib kelayotgan O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi guruhdagi 6-turni 22 aprel kuni Perm shahrida Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

17 aprel kuni jamoa a'zolari Rossiyaga uchib ketishgan. Murabbiylar guruhdan chiqish masalasi muddatidan oldin hal qilib bo‘lingani tufayli Rossiya vakillariga qarshi yangi nomlarni sinab ko‘rishga qaror qilishgan.

-52 kilogramm: Abrorjon Qodirov (1995 y)

-60 kilogramm: Ulug‘bek Do‘stmuradov (1995 y)

-69 kilogramm: Aslonov Odiljon (1995 y)
 
-81 kilogramm: Madiyor Saidrahimov (1997)

+91 kilogramm: Hasanov Mirzobek (1993 y)

Zaxira tarkibi:
-52 kilogramm: Sirojiddin G‘ulomjonov (1995 y)

-60 kilogramm: Ulug‘bek Komilov (1997 y)

-69 kilogramm: Fazliddin Meliboyev (1996 y)

-81 kilogramm: Bektemir Meliqo‘ziyev (1996 y)

+91 kilogramm: Asilbek Soliyev (1996 y).

WSB birinchiligida 12ta jamoa har biri 4 jamoadan 3ta guruhga bo‘lingan holda kurash olib bormoqda. Hozirda, guruh bosqichi deyarli poyoniga yetay deb qoldi. Faqatgina B guruhi A va S guruhidagilarga nisbatan bittadan o‘yin kam o‘tkazgan. 

Quyida jamoalarning guruhlardagi joylashuvi bilan tanishib olishingiz mumkin. 

 

Mavzuga oid
Top