19:05 / 18.04.2017
5118

VW’dan avtopilotli kupesifat yo‘ltanlamas

Volkswagen kompaniyasi Shanhay avtosaloni arafasida bo‘lajak seriyali yangilik haqida tasavvur beruvchi yangi kontseptni oshkor etdi. Bu kupesifat elektr yo‘ltanlamas I.D. Crozz bo‘lib, u to‘rt o‘rinli salon va avtopilotga ega.

Yangilik I.D.’ning xetchbek va minivendan keyin prototiplar seriyasida uchinchiga aylandi. Ular barchasi  elektrokarlar uchun maxsus tayyorlangan MEB negizida yaratilgan. Yo‘ltanlamas dizaynida alohida uslubiy qarorlar qo‘llangan.

I.D. Crozz’da orqa eshiklar orqaga buriladi, oldingilari esa an'anaviy usulda ochiladi. Har ikki modelda ham markaziy tirgaklar yo‘q. Yo‘ltanlamasning o‘ziga xos jihati LED chiroqli panoramali tom bo‘lib, uni imo-ishoralar yordamida boshqarsa bo‘ladi.

Kontsept salonida bosiluvchi tugmachalar umuman yo‘q. Minimalistik ichki qismda 10,2 dyuymli multimediya majmuasi taschkrini va diagonali 5,8 dyuym bo‘lgan qurilmalar raqamli paneli bor. Bundan tashqari, sensorli boshqaruv panellari eshiklarda ham joylashgan. Haydovchilar uchun qo‘shimcha reallik texnologiyasiga ega proyektsion displey ham mavjud.

Yoqilgan avtopilot holatida rul oldingi panelga o‘tkaziladi. Shu bilan birga, yo‘ltanlamas tomidan avtomobil atrofidagi barcha vaziyatni o‘rganish uchuye lazerli skanerlar ko‘tariladi va nurdiodli optikaning ish rejimi o‘zgaradi.

Kontsept umumiy kuchi 302 ot kuchiga ega bo‘lgan ikkita elektrodvigatel yordamida harakatga keladi. Maksimal tezlik soatiga 180 kilometrga teng.

Pol ostida esa litiy-ionli batareyalar bloki joylashgan bo‘lib, hajmi 81 kilovatt-soatni tashkil etadi. Yurish masofasi zaxirasi 500 kilometr bo‘lib, akkumulyatorlarni 30 daqiqa ichida150-kilovattli DC quvvatlantirish qurilmasi yordamida 80 foizga “zapravka” qilish mumkin.

VW’ning MEB negizidagi birinchi seriyali avtomobili 2020 yilda sotuvga chiqarilishi kerak. 2025 yilga kelib kompaniya har yili millionta elektromobilni sotish niyatida.

Top