18:28 / 19.04.2017
6107

Audi elektrkupesini namoyish etdi

Germaniyaning Volkswagen Group tarkibiga kiruvchi Audi kompaniyasi Audi e-tron Sportback elektrokarining kontseptini namoyish etdi. Uning taqdimoti Shanxay xalqaro avtoko‘rgazmasida bo‘lib o‘tdi. 

«Audi e-tron 2018 yildan ishlab chiqiladi. Bu har kunlik foydalanishga juda qulay bo‘lgan ilk elektromobildir», — degan kompaniya boshqaruvi raisi Rupert Shtadler (Rupert Stadler). Mashina bir marta quvvatlanish bilan 500 kilometrgacha yura oladi. 

«2019 yilda Audi e-tron Sportback seriyali tarzda ishlab chiqarish boshlanadi», — deb qo‘shimcha qilgan kompaniya vakili. 

Audi — Volkswagen Group tarkibiga kiruvchi kompaniya bo‘lib, 1932 yilda asos solingan. Hozirda, uning bosh qarorgohi Germaniyaning Ingolshtadt shahrida joylashgan. 

Mavzuga oid
Top