17:08 / 19.04.2017
12663
Olimlar Yerga yaqinlashayotgan asteroidni ko‘zdan kechirishdi

Astronomlar 2014 JO25 asteroidining suratlarini olishga muvaffaq bo‘lishdi. U 19 aprel kuni Yerga yaqin masofadan uchib o‘tadi. AQShdagi Goldstoun observatoriyasidagi 70 metrlik radar yordamida shunday natijaga erishilgan. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, asteroid yeryong‘oq shaklida bo‘lib, aylanish vaqti besh soatga teng. 

Tasvir tiniqligi bir pikselga 7,7 metr nisbatda olingan. «Asteroid bir-biriga tutashgan ikki tuzilmadan tarkib topgan», — deya izohlagan kuzatuvlar rahbari Shantanu Naydu.

Garchi to‘qnashuv tahdidi bo‘lmasa-da, bu o‘lchamdagi asteroidlar (650 m) orasida eng yaqin masofadan— 1,8 mln km uzoqlikdan uchib o‘tadi. Aytish joizki, bu masofadan haftada bir necha marta ancha kichik asteroidlar o‘tadi, biroq 2014 JO25 kabi osmon jismi birinchi marta yaqinlashmoqda. Bundan avval, mazkur asteroid 400 yil avval yaqinlashgan, navbatdagisi 2600 yildan keyin sodir bo‘ladi. 

Mavzuga oid
Top