Gretsiya poytaxti Afinada joylashgan Eurabank bo‘limida bomba portladi. Bu haqda Afina OAV xabar berdi.
Mahalliy vaqt bilan soat 22:00 da noma'lum shaxs zougla.gr yangiliklar sayti nashriyotiga telefon qilib, Santaroza ko‘chasidagi 7-uyda joylashgan Eurabank ofisida 35 daqiqadan so‘ng portlash bo‘lishi haqida ma'lum qildi.
Agentlik xabariga ko‘ra, hozirda jabrlanganlar haqida ma'lumotlar yo‘q.
Portlash bank ofisi hamda uning atrofidagi binolarga moddiy zarar keltirgan.