23:10 / 20.04.2017
5494

Germaniya 2016 yilda qochqinlarga necha milliard dollar sarflagani ma'lum qilindi

Foto: AP

Germaniya 2016 yilda qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 30 mlrd yevro sarfladi, joriy yilda raqamlar kamroq bo‘ladi, deb aytdi Germaniya moliya vaziri Volfrang Shoyble. 

“O‘tgan yili o‘ttiz milliard yevro edi, bu yil raqamlar kamroq bo‘ladi”, deb aytdi u.

Yevropa Ikkinchi jahon urushi davridan beri eng jiddiy migratsiya inqirozini boshdan kechirmoqda. Bu birinchi navbatda Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlaridagi iqtisodiy muammolar va bir qator qurolli ixtiloflar sabab yuz bermoqda. Yevropa Ittifoqining Frontex agentligi bergan ma'lumotlarga ko‘ra, 2015 yilda Yevropa ittifoqiga 1,8 million muhojir kelgan.

Top