09:26 / 20.04.2017
7504

Kilian Mbappe YeChL pley-offida noyob natijaga erishdi

«Monako»ning 18 yoshli hujumchisi Kilian Mbappe Yevropa chempionlar ligasining 1/4 finalidan o‘rin olgan «Borussiya»ga qarshi javob uchrashuvida (3:1) hisobni ochdi.

Natijada, Mbappe YeChL debyut mavsumida pley-offning 1/8 va 1/4 finalidagi barcha to‘rtta uchrashuvda gol urgan dastlabki futbolchi bo‘ldi.

Oldinroq, fransuz futbolchisi «Manchester Siti»ga qarshi 1/8 finalning ikkala uchrashuvi va «Borussiya»ga qarshi dastlabki uchrashuvida u jami 4ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgandi.

Top