01:53 / 20.04.2017
10170

"Monako" "Borussiya"ni yengib, yarim finalga chiqdi

Yevropa chempionlar ligasining 1/4 finalidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuv ham yakunlandi. Unda «Monako» o‘z uyida «Borussiya»ni qabul qildi.

Uchrashuvning uchinchi daqiqasidayoq Kilian Mbappe jamoasini hisobda oldinga chiqardi. 17-daqiqada Falkao hisobdagi farqni ikkitaga oshirdi. Marko Roys hisobdagi farqni qisqartirgandi, biroq Valer Jyermen maydonga tushganidan 22 soniya o‘tib uchinchi golni kiritdi va jamoasini yarim finalga chiqishida so‘nggi nuqtani qo‘ydi.

Natijada barcha yarim final ishtirokchilari aniq bo‘ldi. Yarim finalda endi «Real», «Atletiko», «Yuventus» va «Monako» jamoalari kurashni davom ettirishadi.

YeChL, 1/4 final
Javob uchrashuvi

Monako Monako – Borussiya D Germaniya 3:1 (2:0)
Gollar:
Mbappe (3), Falkao (17), Dermen (81) – Roys (48).
Monako: Subashich, Glik, Mendi, Ture, Jyemerson, Moutinyu, Bakayoko, Lemar, Bernardu Silva (Radji, 90), Mbappe (Jyermen, 81), Falkao (Dirar, 68).
Borussiya D: Byurki, Ginter, Papastatopulos, Durm (Dembele, 27), Gerreyru (Pulishich, 72), Kagava, Shaxin (Shmeltser, 46), Roys, Vaygl, Pishchek, Obameyang.
Dastlabki uchrashuv: 3:2

Top