09:50 / 20.04.2017
27210

Video: “Taxtlar o‘yini” yo‘nalishidagi qamoqxona-kema

Me'morlar “Taxtlar o‘yini” bosh qahramonlaridan biri Tirion Lannister bo‘lgan turmaga o‘xshash kemadagi qamoqxonani loyihalashtirishdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Taxminlarga ko‘ra, kemada uch mingdan ortiq mahbusni joylashtirish mumkin. Loyiha yaratuvchilarining ta'kidlashicha, ikki qatordagi yelkanlarga o‘xshash bo‘lgan bu kameralar soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun sudlanganlarga mo‘ljallangan.

Arxitektorlar g‘oyasiga ko‘ra, har bir kamera maydoni to‘qqiz kvadrat metrni tashkil etadi. Shu bilan birga, qamoqxonani qurishda ishlatiladigan asosiy material qog‘oz bo‘ladi.

Dizaynerlar kemani Panama Papers Jail deb nomlash niyatidalar. Kema nomi Panama Papers deb atalgan mojaroga bog‘liq. Germaniyaning Sueddeutsche Zeitung nashri Panamaning Mossack Fonseca yuridik firmasi hujjatlarini e'lon qildi. Gazetaning yozishicha, ma'lumotlar jahon yetakchilari va ularga yaqin bo‘lgan shaxslarning ofshor sxemalariga aloqadorligidan dalolat beradi.

Shunisi qiziqki, me'morlar po‘rtanali ob-havo sharoitida bir tomoni ochiq bo‘lgan kameralardagi sharoit haqida to‘xtalib o‘tishmagan.

Mavzuga oid
Top