22:36 / 21.04.2017
7768

Afg‘onistondagi harbiy bazaga uyushtirilgan hujumda 50 dan ko‘proq kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahri yaqinidagi harbiy bazaga toliblar tomondan uyushtirilgan hujum oqibatida 50 dan ko‘proq odam halok bo‘ldi. Bu haqda 21 aprelda AQShning markaziy qo‘mondonligi vakili Jon Tomas ma'lum qildi.

"Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, afg‘on harbiylari va ehtimol, bazada ishlagan fuqarolar bo‘lgan masjid va oshxona nishonga olingan", deb aytdi Tomas matbuot-anjumanda.  

Uning aytishicha, javob o‘t ochish bilan bir necha jangari yo‘q qilingan. Pentagon vakili baza yaqinida jang davom etayotgani ma'lum qilgan. Hujum vaqtida AQSh koalitsiyasi harbiylari jabrlanmagan.

Top