20:02 / 21.04.2017
9890

Birinchi chorakda Toshkent IIBBning 402 xodimiga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘rildi

Toshkent shahar IIBB tomonidan ichki ishlar idoralari xodimlari orasida tartib-intizomni kuchaytirish ishlariga jiddiy e'tibor berilmoqda. 2017 yilning o‘tgan uch oyi mobaynida Toshkent shahar IIBBning 402 nafar xodimiga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanilgan bo‘lsa, 9 nafar xodimga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Toshkent IIBBda bo‘lib o‘tgan brifingda shu haqda ma'lum qilindi. 

Ma'muriy huquqbuzarliklar uchun 12 nafar ichki ishlar xodimi ma'muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, 7 nafar xodim yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq holatlarni sodir etgan. 

Top